AsosiyJamiyat

"Yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda". Dam olish kunlari qaysi hududda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'"Yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda". Dam olish kunlari qaysi hududda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun respublika hududida havo harorati 16-18° iliq, janubiy tumanlarda 20-21° iliqgacha bo`lgan quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, bu me`yordan 9-11° ga yuqoridir, deya xabar bermoqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, ertaga Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Buning sababi Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishidir. Havo harorati kechasi 2-7° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.

Yakshanba kuni O`zbekistonning barcha hududlarida (Farg`ona vodiysi viloyatlaridan tashqari) ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi, shimoliy tumanlarda yomg`ir qorga aylanishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, kunduzi havo harorati pasayishda davom etadi va 4-9° iliqdan yuqori bo`lmaydi. Bunday harorat ushbu kun uchun o`rtacha ko`p yillik qiymatlarga yaqin bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar