AsosiyJamiyat

Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadigan bo`ldi

'Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadigan bo`ldi'ning rasmi

Bugungi kunda ilk bor O`zbekiston oliy ta`lim muassasalari orasida Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyo tan olgan Butunjahon tibbiy ta`lim federasiyasi tomonidan (WFME prezidenti Devid Gordonning tavsiyasi, ekspertlar xulosasi va talablari asosida) xalqaro akkreditasiyadan o`tdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Endilikda Toshkent davlat stomatologiya instituti bitiruvchilarining diplomi jahon miqyosida tan olinadi.

Mazkur xalqaro akkreditasiya   O`zbekistondagi ta`lim dasturlarining xalqaro sifat standartlariga mosligini baholash jarayoni bo`lib, Oliy ta`lim sifati kafolati Evropa assosiasiyasi (ENQA) a`zosi va Sifat kafolati agentliklari Evropa reestrida (EQAR) mavjud mustaqil xorijiy agentlik tomonidan o`tkazildi.

Bu e`tirof institut jamoasi uchun xalqaro ta`lim maydonida imkoniyatlarni kengaytiradi. Xususan, ta`lim dasturlarining dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishi, xorijiy OTMlar bilan hamkorlik o`rnatish va rivojlantirish, ta`lim jarayonlari oshkoraligi va ochiqligini ta`minlash, bitiruvchilar kompetentligini oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent davlat stomatologiya institutiga xalqaro akrreditasiya sertifikatini topshirishga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirda Sog`liqni saqlash vaziri B. Musaev  hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri A. Toshqulov ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi 20 dan ortiq rivojlangan mamlakatlarning 100 dan ortiq etakchi xorijiy OTM va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`ygan. Xalqaro sifat menejmenti — ISO 9001:20.15 sertifikati hamda Finlandiyaning JAMK universiteti bilan hamkorlikdagi “Tibbiyot va innovasiyalar” ilmiy-amaliy jurnaliga ega.

 

    Boshqa yangiliklar