Yagona integrator “Uzinfocom” MChJning Ma`lumotlarni qayta ishlash markazida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi tufayli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Elektron hukumatning Yagona billing tizimi va Elektron hukumatning Idoralararo integrasion platformasida uzilishlar kuzatilmoqda. bu haqda my.gov.uz rasmiy kanalida e`lon berildi.
M️a`lum qilinishicha, hozirda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo`yicha texnik ishlar olib borilmoqda.