AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: "So`nggi besh yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida ko`paymoqda"

'Shavkat Mirziyoev: "So`nggi besh yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida ko`paymoqda"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Prezident Matbuot kotibi Prezidentning quyidagi fikrlarini e`lon qildi: 

"Topshirig`imga ko`ra, ikki oy davomida joylarga chiqib,

sohadagi haqiqiy ahvol, ham aholini, ham shifokorlarni qiynayotgan muammolar o`rganildi.

Haqiqatdan ham, kasalliklarning oldini olish borasida birlamchi bo`g`inda hali qilinadigan ishlar ko`p.

Misol uchun, so`nggi besh yilda endokrin kasalliklari 20 foizga ortib, ayniqsa, yoshlar orasida ko`paymoqda.

Endokrin kasalliklarining og`ir oqibatlari asosan Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston, Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

Endokrin kasalliklarini birlamchi bo`g`inda erta aniqlash uchun murakkab uskunalar xarid qilish shart emas.

Buning uchun laboratoriyalarni jihozlash, zarur reaktivlar bilan ta`minlash va nafaqat endokrinolog, balki oilaviy shifokorlarni ham tayyorlash katta samara beradi" dedi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar