AsosiyJamiyat

Tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari ko`rsatishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi — Prezident

'Tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari ko`rsatishning mutlaqo yangi tizimi joriy etiladi — Prezident'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig`ilishi davom etmoqda.

Tadbirda davlat rahbari tibbiyot muassasalarida laboratoriya xizmatlari ko`rsatishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilishini ma`lum qildi.

Bunda:

- ikki oy muddatda laboratoriya tahlillari normativlari xalqaro tajriba asosida to`liq qayta ko`rib chiqilib, yangilanadi;

- tumanlarda oilaviy va markaziy poliklinika, markaziy shifoxona hamda shoshilinch tibbiy yordam bo`limi laboratoriyalari maqbullashtirilib, tunu-kun ishlaydigan markaziy laboratoriyalar tashkil etiladi;

- ularga oilaviy poliklinika va shifokor punktlaridan materiallarni yig`ib olish uchun transport vositalari olib beriladi;

- kelgusi yil davomida markaziy laboratoriyalardagi 1 mingdan ziyod shifokorlar va 3 mingdan ortiq o`rta tibbiyot xodimlarining malakasi oshiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar