Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati 230,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan.
Yuk avtomobillari importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan.
O`zbekiston 10 oyda yuk avtomobillarini eng ko`p import qilgan davlatlar:
Xitoy — 3954 ta
Rossiya — 787 ta
Belarus — 90 ta
Litva — 74 ta
Koreya — 40 ta
10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan.
O`zbekistonda aholiga tegishli bo`lgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.






