Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda DBQning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro Sh.X. tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro N.ga O`zbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan elimlanmagan 5 ming quti “MILANO” nomli tamaki mahsulotini 39 mln so`mga sotgan vaqtida ushlanib, uning boshqaruvidagi avtotransport vositasi hamda Zarbdor tumanidagi yashash xonadoni ko`zdan kechirilganda, yana 2 460 quti “MILANO” va “Zummeret” nomli tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlanib ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






