1

Farg`onada 16 yoshli o`smir akasining qarzini to`lash uchun avtomashina o`g`irladi

Jinoyat 13.12.2021, 12:16
Farg`onada 16 yoshli o`smir akasining qarzini to`lash uchun avtomashina o`g`irladi

2021 yil 08 dekabr kuni soat 20:35 larda Qo`qon shahrida yashovchi 60 yoshli R.M. Farg`ona viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, unda Qo`qon shahar Sharq mavzesi 9-sonli ko`p qavatli uyning yonida joylashgan avtoturargohdan “Gaz-3102” rusumli avtomashinasini noma`lum shaxs olib qochganligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`ragan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni voyaga etmagan 16 yoshli T.O. avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo`li bilan ochib, avtomashina qulfini buzib, elektr kabellarini ulash yo`li bilan o`t oldirib, olib qochib ketib, Buvayda tumani Yangiqo`rg`on qishlog`ida yashovchi fuqaro P.E.,ga akasining qarzi evaziga garovga berib yuborganligi aniqlangan. Olib qochilgan “Gaz-3102” rusumli avtomashina E.P. , dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan voyaga etmagan T.O., ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1