AsosiyJamiyat

O`zbekistonda vaksina olishi ko`zda tutilgan aholining 55 foizi to`liq emlandi — SSV

'O`zbekistonda vaksina olishi ko`zda tutilgan  aholining 55 foizi to`liq emlandi — SSV'ning rasmi

Joriy yil 11 dekabr holatiga ko`ra, mamlakatimizda emlanishi ko`zda tutilgan aholining 55 foizi koronavirusga qarshi to`liq emlandi.  Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Umumiy hisobda to`liq emlash kurslarini olgan fuqarolar soni 11 797 635  nafarni tashkil qilmoqda.

Shundan:

-793 431 nafari 65 yoshdan oshganlar,

- 421 017 nafari tibbiyot xodimlari,

- 420 552 nafari maktab o`qituvchilari,

-164 466 nafari maktabgacha ta`lim tashkilotlari xodimlari,

- 782 182  nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir. Qolgan vaksinalar aholining boshqa qatlamlarini emlash uchun qo`llanilgan.

Eslatib o`tamiz, shu yilning 22 noyabridan yurtimizda COVID-19ga qarshi to`liq bosqichlarda emlangan fuqarolarning buster doza (to`liq emlangan fuqarolarning kasallikka qarshi immunitetini mustahkamlash maqsadida qaytadan oladigan vaksina dozasi) bilan ixtiyoriy emlanishiga  start berilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar