YPX maskanida tekshiruv mobaynida yo`lovchining yonidan psixotrop dori vositalari topildi.
2021 yil 11 dekabr kuni soat 21:30 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Xolnazarov va I.Mambetovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Matiz" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirildi.
Natijada yo`lovchi, 1987 yilda tug`ilgan D.X.ning yonidan 3 dona “Tropikamid” hamda 3 dona “Regapen” nomli va 18 dona “Karbamazepin” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.
❗️Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro D.X. va aniqlangan vositalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.






