AsosiyJamiyat

Bozor buzilmaydi! — "Qo`yliq" ma`muriyati bozor buzilishi yoki ko`chishi haqidagi xabarlarni rad etdi

'Bozor buzilmaydi! — "Qo`yliq" ma`muriyati bozor buzilishi yoki ko`chishi haqidagi xabarlarni rad etdi'ning rasmi

Avvalroq, "Qo`yliq" bozori boshqa joyga ko`chirilishi haqida xabar qilingan edi. 

Ayni paytda "Qo`yliq" dehqon bozori direktori o`rinbosari Qodirjon Normirzaev O`zA reportajida bozor buzilishi yoki ko`chishi haqida xat yoki og`zaki topshiriq berilmaganini ma`lum qildi.

«Yangi most  hozircha loyiha. Mostni qurilishiga 2025 yil yoki boshqa ma`lum bir vaqt belgilanmagan. Qurilgan taqdirda ham most bilan bozor orasida katta joy bor, aylanma yo`l qilib, pastga tushirganda ham bozorga halaqit qilmaydi. Bozorning yangi bozorga ko`chirilishi bo`yicha hali bizga shahar hokimiyati tomonidan yoki bozorlar markazi tomonidan hech qanaqa xabar berilmagan. Bu bo`yicha ogohlantirish xatlari ham yuborilmagan», — degan Normirzaev.

 

Shuningdek, reportajda bozor sotuvchilari va ishchilari 31 dekabrga qadar Food City`ga ko`chish bo`yicha ogohlantirish xati ma`muriyat tomonidan berilganini ta`kidlashgan..

Bozor direktori nomiga yozdirilgan xatda 31 dekabr kunigacha faoliyatini tugatib, Food City`da faoliyatini davom ettirishi, agar ushbu qonuniy talabga amal qilmasa MJtKning 183 moddasi (mayda bezorilik), 194 moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) hamda Jinoyat Kodeksining 277 moddasi (bezorilik) va 229 moddasi (o`zboshimchalik) asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan. Biroq xatda mazkur moddalar dispozisiya deya qayd etilgan.

Qodirjon Normirzaevga ko`ra, ogohlantirish xatlari ma`muriyat tomonidan berilmagan.

«Ogohlantirish xatini pattachi bergandir. Mendagi ma`lumotga ko`ra, bozor buzilmaydi. Bozor buzilishi, ko`chishi bo`yicha xat ham kelmagan», — deya. qo`shimcha qilgan u.

Bozordagi savdogarlar va ishchilarning qo`lidagi xat bo`yicha esa javob bera olmasligini qo`shimcha qilgan.

Shuningdek, O`zA vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimi bilan bog`langan, biroq muxbir bozorlar bo`yicha ma`sul shaxsning telefon raqamini ololmagan.

Mavzuga doir:

Qo`yliq bozori buzilishidan norozi bo`lib yo`lni to`sgan bozorchilar qamoqqa olingan(video)

    Boshqa yangiliklar