AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda "Qizil kitob"ga kirgan kiyik va quyonlarni o`ldirgan brakonerlarga jinoyat ishi ochildi

'Qoraqalpog`istonda "Qizil kitob"ga kirgan kiyik va quyonlarni o`ldirgan brakonerlarga jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

2021 yil 12 dekabr kuni brakonerlar tomonidan Qoraqalpog`iston  Respublikasi Qo`ng`irotko`l ovul fuqarolar yig`ini atrofidagi cho`l hududida 14 ta kiyik otib o`ldirilib, go`shti bo`laklangani haqida xabar berilgan edi. 

Respublika Bosh prokurori matbuot kotibining ma`lum qilishicha,  brakonerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlaganligi holati  yuzasidan o`tkazilgan tekshirishda O`zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 190 mln. 350 ming so`mlik juda ko`p miqdordagi moddiy zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan to`rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “e” va “j” bandlari (Hayvonot yoki o`simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.  

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar