AsosiyJamiyat

XTV tomonidan salkam 4 mlrd so`mga Elektron ta`lim tizimini yaratishga buyurtma berish uchun o`tkazilgan tender bekor qilindi

'XTV tomonidan salkam 4 mlrd so`mga Elektron ta`lim tizimini yaratishga buyurtma berish uchun o`tkazilgan tender bekor qilindi'ning rasmi

Internet saytida “XTV salkam 4 mlrd so`mga Elektron ta`lim tizimini yaratishga buyurtma berdi” nomi ostida post e`lon qilingan. 

Postda umumiy qiymati 3 mlrd 618 mln so`mni tashkil qilgan mazkur tenderda faqat bir manzilda joylashgan ikki firma ishtirok etgani qayd etilgan.  

Ma`lum qilinishicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu xabar ortidan o`rganish olib borgan.

O`rganishlarga ko`ra, Xalq ta`limi vazirligi (XTV) qoshidagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK buyurtmachiligida e.tender.uzex.uz portalida 2021 yil 3 noyabr kuni “elektron ta`lim yagona tarmog`i uchun kommunikasion va server qurilmalari etkazib berish uchun” e`lon joylashtirgan. Tenderda «Inova Solution» MChJ va «Tradein» MChJ taklif bilan qatnashgan, yakunda «Inova Solution» MChJ g`olib deb topilgan.  

Aniqlanishicha, haqiqatan ham,  tenderda ishtirok etgan ikki firma bir manzilda, ya`ni Navoiy ko`chasi, 24-uyda joylashgan, shuningdek, ularning ta`sischi va rahbarlari o`zaro affillangan shaxs hisoblanadi. Ammo buyurtmachi tomonidan ayni jihatlarga to`g`ri baho berilmagan. Natijada tender o`tkazilishida O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi hamda “Raqobat to`g`risida”gi qonunlarida belgilangan talablar qo`pol ravishda buzilgan.

Shu bois  Agentlik tomonidan buyurtmachiga tenderni bekor qilish yuzasidan Taqdimnoma kiritilgan.  

Taqdimnomani ko`rib chiqish natijasiga ko`ra, XTV  qoshidagi “Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK buyurtmachiligida berilgan ushbu tenderning o`rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta`minlandi.

    Boshqa yangiliklar