AsosiyJamiyat

O`zbekistonning UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiyasi raisi “Baxshichilik san`ati” nominasiyasini qo`llab-quvvatlash yuzasidan murojaat yo`lladi

'O`zbekistonning UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiyasi raisi “Baxshichilik san`ati” nominasiyasini qo`llab-quvvatlash yuzasidan murojaat yo`lladi'ning rasmi

13-dekabr kuni UNESCOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha Hukumatlararo qo`mitasining (NMMHK) XVI sessiyasi tashkilotning Parijdagi qarorgohida virtual rejimda o`z ishini boshladi. Bu haqda O`zbekiston Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Joriy sessiya doirasida “Baxshichilik san`ati” elementini Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro`yxatiga kiritish masalasi ko`rib chiqiladi.  O`zbekistonning UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiyasi raisi davlatimiz  rahbari tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va ko`rib chiqish uchun taqdim etilgan ushbu nominasiyani qo`llab-quvvatlash yuzasidan Baholash komissiyasi va NMMHKga a`zo mamlakatlarga murojaat yo`llagan.

Tadbirda UNESCO rahbariyati, NMMHKga a`zo davlatlar, 190 dan ortiq davlatdan yuqori martabali delegatlar ishtirok etdi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekistonning  UNESCO huzuridagi doimiy vakili Umid Shadiev va  UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiya vakillari qatnashmoqda.  

Yalpi majlis davomida O`zbekiston delegasiyasi so`nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakatimizning boy nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish, ko`paytirish va targ`ib etish borasidagi sa`y-harakatlar taqdimoti o`tkazilgan.

Shuningdek, yig`ilishda O`zbekiston hukumati tomonidan 2003-yildagi Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish to`g`risidagi xalqaro konvensiya bajarilishini davom ettirish va UNESCOning ushbu yo`nalishdagi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga sodiqlik bildirildi.

“Ming yillik tarixga ega O`zbekiston o`zining boy madaniy merosi bilan faxrlanadi. Bizda UNESCO`ning Reprezentativ ro`yxatiga kiritilgan 9 ta milliy va ko`p millatli element mavjud. Yaqin kunlarda ushbu ro`yxatdan yana bir element –“Baxshilik san`ati” ham joy olishiga umid bildiramiz ”, - dedi Aziz Abduhakimov.

Ta`kidlash joizki, “Baxshilik san`ati” nominasiyasi bo`yicha ovoz berish jarayonining o`zi 16-dekabr kuni bo`lib o`tadi, UNESCO`ning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo`yicha Hukumatlararo qo`mitasining XVI sessiyasi esa 18-dekabrga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar