AsosiyJamiyat

Ertaga Samarqand shahrida ayrim ko`chalar yopiladi

'Ertaga Samarqand shahrida ayrim ko`chalar yopiladi'ning rasmi

15 dekabr kuni Samarqand shahrida  «Xalq va armiya - bir tanu bir jondir!» shiori ostida yugurish marafoni bo`lib o`tadi.

Marafonni yuqori saviyada tashkil qilish va u o`tkaziladigan joylarda jamoat tartibini saqlash, harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida 2021 yilning 15 dekabr kuni (8:00 dan 10:00 gacha) Samarqand shahrining Spitamenshoh ko`chasi Markaziy harbiy okrug ma`muriy binosidan viloyat IIB YHXB binosigacha bo`lgan qismida avtoulov harakati vaqtincha taqiqlanadi.

Farmoyishda shahar IIB yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi (R.Toshmurodov)ga transport vositalari harakatlanishi vaqtincha taqiqlangan hududda transport vositalari harakati xavfsizligini ta`minlash yuzasidan tegishli yo`l belgilari o`rnatish, mas`ul biriktirish hamda doimiy nazoratga olish topshirilgan.

Boshqa yangiliklar