Bugun, 15 dekabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Bu haqda"O`zgidromet" ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.
Ta`kidlanishicha, poytaxtda kunnung birinchi yarmida biroz yomg`ir yog`adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 1-3° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarning ba`zi joylarida yog`ingarchilik bo`ladi, tuman tushishi ham mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq bo`ladi.






