AsosiyJamiyat

O`zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti va Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi o`rtasida memorandum imzolandi. Endilikda...

'O`zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti va Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi o`rtasida memorandum imzolandi. Endilikda...'ning rasmi

Kuni kecha Belarus tomonining taklifiga binoan O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni general-mayor R.Djuraev boshchiligidagi delegasiya a`zolari Minsk shahriga tashrif buyurishdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida har ikki tomon rahbarlari xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasi muhkoama qilingan.

O`zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining ma`lum qilishicha, uchrashuv yakunida jamoat xavfsizligini ta`minlash hamda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi o`zaro tajriba almashish borasidagi amaliy chora-tadbirlarni 2022-yilda amalga oshirilishi ko`zda tutilgan hamkorlik rejasi imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida O`zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va “Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi” ta`lim muassasasining Ichki qo`shinlar fakulteti o`rtasida o`zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

    Boshqa yangiliklar