2021 yil 15 dekabrga qadar O`zbekistonda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilda (15 dekabrga qadar) is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bog`liq 213 ta holat qayd etilgan. Ularning 66 tasi favqulodda vaziyat sifatida ro`yxatga olinib, hodisalar oqibatda 125 kishi vafot etgan va 115 kishi jabrlangan.
Is gazidan zaharlanish asosan ushbu sabablarga ko`ra yuzaga kelmoqda:
- gaz va muqobil yoqilg`i (ko`mir, o`tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
-nostandart (qo`lbola yasalgan) isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
-isitish pechlari dudburonlarini noto`g`ri o`rnatish;
-havo almashmaydigan xonalarda ochiq olovdan foydalanish;
-shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to`sib) qo`yish.






