Taniqli olima, jamoat arbobi Svetlana Rashidova Sharofovna 14 dekabr kuni 70 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Zamon.uz xabar qildi.
Ma`lumot uchun, Svetlana Rashidova 1952 yili Toshkent shahrida tug`ilgan.
Sharof Rashidovning eng kichik farzandi bo`lgan Svetlana Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetini tamomlagan. Moskva davlat universitetida chet el adabiyoti fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. Toshkent davlat universitetining roman-german fakultetida dosent lavozimida ishlagan.






