AsosiyJamiyat

Buxoroda hokimiyat hisobidan bepul uy olib bermoqchi bo`lgan soxta xodim ushlandi

'Buxoroda hokimiyat hisobidan bepul uy olib bermoqchi bo`lgan soxta xodim ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro I.B. go`yoki o`zini Buxoro shahar hokimligi xodimi deb tanishtirib, fuqaro N.ga shahar hokimligi tomonidan ajratiladigan bepul uylardan birini olib berishi evaziga 2 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, I.B. tomonidan ixtiyoriy qaytarilgan 3 mln so`m va 1 750 AQSh dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar