Camarqand shahar, Qir mahallasining Bog`imaydon ko`chasida yashovchi, 2005 yilda tug`ilgan To`raqulova Nixola Baxtiyorovna 2021 yil 17 oktyabr kuni soat taxminan 19:30larda hech kimga aytmasdan noma`lum tomonga chiqib ketib qaytib kelmasdan bedarak yo`qolgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Alohida belgilari: bo`yi taxminan 155-160 sm, ko`zlari qisiq, qora rangda, o`rtacha gavdali, ozg`indan kelgan, yuzi uzunchoq, sochi qora rangda elkasiga etmaydi, quloq suprasi o`rtacha kattalikda, tashqi ko`rinishida nuqsonlari yo`q.
Egnidagi kiyimlari: egnida oq-qora rangli kostyumi, oq rangli jemfir, qora rangli jinsi shimi, oyog`ida oq rangli krosovka.
To`raqulova Nixola Baxtiyorovnani ko`rganlar yoki u haqida ma`lumotga ega bo`lganlar +998972877278, +998662311111, 102 raqamlariga qo`ng`iroq qilishlari so`raladi.






