AsosiyJamiyat

"Bandlik, kredit, ijtimoiy yordam..." Ombudsman oldiga "umid" bilan borgan fuqarolar murojaati qanday hal etildi?

'"Bandlik, kredit, ijtimoiy yordam..." Ombudsman oldiga "umid" bilan borgan fuqarolar murojaati qanday hal etildi?'ning rasmi

Kuni kecha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining navbatdagi fuqarolar qabuli bo`lib o`tdi.

Ombudsman axborot xizmati xabariga ko`ra, 100 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, firibgarlik, sud-huquq, kredit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushgan.

Yakunda ularning barchasi nazoratga olingan. Qayd etilishicha, ba`zi murojaatlar bo`yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar ham berilgan.

"Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o`rganish va inson huquqlarini ta`minlash buyicha ishga kirishildi. Joyiga chiqib o`rganish talab etiladigan murojaatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakilining (ombudsmanning) xududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi"-deyiladi xabarda.

 

 

    Boshqa yangiliklar