Bir muddat avval Samarqandda bedarak yo`qolgan 16 yoshli qizni topishda yordam so`ralayotgani haqida yozgandik.
Ayni damda viloyat IIB bergan xabarga ko`ra, yo`qolgan qiz OAV va jamoatchilik yordami bilan topilgan.
"Xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgandan so`ng, ko`plab tarmoq faollari, yurtdoshlarimiz bunga befarq bo`lishmadi",-ta`kidlaydi IIB.
Qayd etilishicha, kucha tunda noma`lum fuqaro telefon orqali qo`ng`iroq qilib, ushbu qiz yo`qolganligi to`g`risidagi e`lonni ko`rganligini aytib, qiz to`g`risida ma`lumot bergan.
Qo`ng`iroqdan so`ng, soat tungi 3:00 larda viloyat IIB JQB hamda YHXB xodimlari Nixola turgan joyni aniqlab, uni sog`-salomat IIB ga olib kelishadi.
"Hozirda qizga ijtimoiy, psixologik yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.
Samarqand viloyati IIB barcha ijtimoiy faol vatandoshlarimiz, jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildiradi",-deyiladi xabarda.






