Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 20 dekabr kuniga belgilangan sessiyasida viloyat hokimi Ergash Soliev murojaatnoma yo`llashi va unda deputatlardan hokimiga savol bermaslik talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Qolaversa, deputatlar sessiyaga telefon bilan qo`yilmasligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda.
Jizzax viloyati hokimligining holat yuzasidan bildirgan munosabatida sessiya yig`ilishi viloyat televideniyasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda to`g`ridan-to`g`ri yoritilishini inobatga olgan holda yig`ilishiga halaqit bermaslik maqsadida telefon ovossiz holatga keltirish tavsiya etilgani ma`lum qilingan.
Ma`lum qilinishicha, ayrim tumanlarning uzoqligi sababli reglamentga asosan, deputatlarning sessiya yig`ilishiga kechikib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun eslatilgan.






