Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan lisey talabasi tok urishidan halok bo`ldi. Bu haqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, IIV 2 son Toshkent akademik liseyining 3 kurs talabasi bo`lgan Z. J. ni Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” temiryo`l bekatining 21 kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.
20 dekabr kuni u o`qigan liseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo`lib o`tgan. Yig`ilishda o`quvchilarga temiryo`lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temiryo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmaslik, temiryo`l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik va temiryo`l hududi o`ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.






