Kuni kecha Toshkent yoshlar forumi doirasida Bosh vazir o`rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning yoshlar bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Abduhakimov yoshlar bilan ularning turizm, sport, madaniyat va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalari bo`yicha ishlashga tayyorligini ta`kidlab o`tgan.
Bosh vazir o`rinbosarining fikricha, yirik sport musobaqalarini o`tkazish orqali yoshlarning sog`lom turmush tarzini olib borish va sportga e`tibor qaratishga bo`lgan rag`batini oshirish mumkin.
A.Abduhakimov shuningdek, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishda faollikka chaqirdi, ularning diqqatini ekologiya mavzusiga qaratib, Orol dengizi fojeasining insonlar hayotiga ta`siri so`z yuritgan.
"Yaqinda sport marafonlari ketma-ketligi o`tkazildi" – deya ma`lum qiladi A.Abduhakimov.
"Shulardan biri Orol dengiziga bag`ishlangan edi. Biz tushunishimiz kerakki, tabiat xatolarimizni kechirmaydi. Yaqinda poytaxtda kuzatilgan changli bo`ronni eslasangiz kerak, iqtisodiy manfaatlar ortidan ekologiyaga etkazilgan zarar oqibatlariga ko`plab misollar keltirish mumkin",-deydi u.
A.Abduhakimov yoshlardan savol va takliflarini so`ragan. Har bir savolga batafsil javob berib, ishtirokchilarning qiziqarli g`oyalari uchun minnatdorlik bildirgan.






