AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov "Mendirman Jaloliddin" serialining yuqori natija berishi uchun nima xalaqit berganini ma`lum qildi

'Ozodbek Nazarbekov "Mendirman Jaloliddin" serialining yuqori natija berishi uchun nima xalaqit berganini ma`lum qildi'ning rasmi

Avvalroq Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 20 dekabr kuni poytaxtda “Toshkent yoshlar forumi–2021” doirasida yoshlar bilan uchrashgani, shundan so`ng,  bir guruh OAV savollariga ham javob bergani haqida yozgan edik. Shu o`rinda, Nazarbekov "Mendirman Jaloliddin" serialining suratga olinishida yuzaga kelgan kamchiliklar, uni yuqori natija berishi uchun nima xalaqit berganini ham ma`lum qildi

"Jarayon davomida pandemiya bo`ldi",-deydi Nazarbekov.

"Aynan shu oyog`imizga bolta urdi. Bilasizmi, bu vaqtda xarajatlarimiz o`z-o`zidan oshib ketdi, biz umuman kutmagan muammolar paydo bo`ldi.  Butun Istanbulda harakat cheklangan bir vaqtda, biz kino oldik, tasavvur qilyapsizmi?! Bo`ldi, eplay olmas ekanmiz, degan holatgacha keldik. Lekin xalqimizga va`da qilganimiz uchun sabr bilan harakat qildik. Mana, o`zingiz ko`rdingiz, butun boshli loyihalar shu pandemiya sabab to`xtab qoldi. Mamlakatlarda boshlangan katta ishlar yakunlanmay qoldi. Shunday jarayondan bizni chiqib ketishimiz  — bu kichik gap emas, aslida",-deydi u tushuntirish berar ekan.

    Boshqa yangiliklar