Qarshi tumani Xoniyon MFYda yashovchi S.Sobirov savobli ishga qo`l urdi. Uning xonadonida tumandagi dastlabki "Oilaviy bolalar uyi" tashkil etildi. Bu haqda DXA Qashqadaryo boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, xonadon egasi mehribonlik uyidan 5 nafar o`g`il bolani o`z farzandi kabi qabul qildi. Bolalarning eng kattasi 15 yoshda bo`lib, kichigi esa 10 yoshda.
Qarshi tumani Davlat xizmatlari markazi mas`ullari mazkur bolalar uyida bo`lib, sayyor tartibda "Oilaviy bolalar uyi" ni davlat ro`yxatidan o`tkazishdi. Bolalarning kelgusida o`z orzulariga erishishi uchun bu xonadonda barcha sharoitlar mavjud ekanligiga guvoh bo`lishdi.
Shuningdek, markaz mas`ullari bolajonlarga yangi yil sovg`alarinini ulashishdi.






