Bugun Oliy Majlis Quyi palatasining navbatdagi majlisi o`tkazildi.
️Deputat Rasul Kusherbaevning xabar berishicha, majlisda "Davlat qarzi to`g`risida"gi yangi qonun loyihasi ham ko`rib chiqilgan.
Ta`kidlanishicha, Qonun loyihasining maqsadi qonun darajasida davlat qarzi va unga xizmat ko`rsatish harajatlarining ustuvorligi, davlat qarzining cheklangan hajmlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining davlat qarzini boshqarishdagi vakolatlarni belgilash, shuningdek davlat qarzini boshqarishda Parlament va jamoatchilik nazoratini o`rnatish bo`yicha samarali tizimni yaratishdan iborat.
Qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi.






