Bir muddat avval Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida er hisobi va davlat kadastrlarini to`liq shakllantirish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan kengaytirilgan yig`ilish bo`lib o`tayotgani haqida yozgandik.
Tadbirdan Prezident matbuot kotibining xabar qilishicha, kelgusi yilda dehqon xo`jaliklarini kadastr ro`yxatidan o`tkazish ishlariga 20 milliard so`m ajratiladi.
Mutasaddilarga ishni to`g`ri yo`nalishlarda tashkil etish uchun quyidagicha topshiriq berilgan:
- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo`jaligi erlarini hisobga olish ishlarini yakuniga etkazish;
- er balansidagi farq bo`yicha er maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;
- 38 mingta sub`ektga tegishli er ajratish hujjatlari to`liq bo`lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;
- er ajratish to`g`risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o`tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;
- dehqon xo`jaliklarini kadastr ro`yxatidan o`tkazish ishlariga 20 milliard so`m ajratish.