AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Ertaga O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 23 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`adi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 12-14° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`i joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.  

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo`ladi.  

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar