Bugun, 23 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining birodar afg`on xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko`mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poezdi Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o`tkazish punkti orqali Afg`onistonning Mozori Sharif shahriga jo`natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tadi.






