AsosiyJamiyat

Xalqaro pochta va kurerlik jo`natmalarini bojxona nazoratidan o`tkazish tartibi belgilandi

'Xalqaro pochta va kurerlik jo`natmalarini bojxona nazoratidan o`tkazish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori (767-son, 21.12.2021 y.) bilan Xalqaro pochta va kurerlik jo`natmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, xalqaro pochta jo`natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.  

 Xalqaro kurerlik jo`natmalariga ishlov berish, ularni bojxona organlari tomonidan nazorat qilish:

  • temir yo`l va avtomobil transporti orqali etkazishda – maxsus belgilangan bojxona postlarida;
  • havo transporti orqali etkazishda – xalqaro aeroportlar yoki ularga yaqin hududlarda joylashgan bojxona postlarida amalga oshiriladi.

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari xodimlari tomonidan transport tashkilotlari vakillariga jo`natmalar topshirilishi bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida amalga oshiriladi.

Keltirilgan jo`natmalar pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan bojxona organining mansabdor shaxsi ishtirokida ochiladi.

Jo`natmalar orqali yuborilgan tovarlar bo`yicha bojxona to`lovlari vakolatli shaxs tomonidan to`lanadi.

Mazkur Nizom qoidalari yozma xat-xabarlarga (mayda paketlardan tashqari) nisbatan tatbiq etilmaydi.

    Boshqa yangiliklar