AsosiyJamiyat

O`zbekistonda MIB yordamida 5000ga yaqin qidiruvdagi shaxs ushlangan, qariyb 3000 avtomashina topilgan, 2,5 trln. so`mdan ortiq aliment undirilgan

'O`zbekistonda MIB yordamida 5000ga yaqin qidiruvdagi shaxs ushlangan, qariyb 3000 avtomashina topilgan,  2,5 trln. so`mdan ortiq aliment undirilgan'ning rasmi

Bu haqda bugun AOKAda bo`lib o`tgan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida so`z bordi.

Tadbirda MIB organlari faoliyati tahlili, sohadagi yangiliklar va tizimga axborot-kommunikasiya texnologiyalarining tatbiq etilishi yuzasidan ma`lumot berib o`tilgan.

Qayd etilishicha, Byuro tashkil topganidan buyon ijro ishini yuritish sohasida 77 trln. so`mdan ortiq undiruvlar amalga oshirilib, shundan davlat foydasiga 32 trln.so`mga yaqin mablag`lar undirilgan .

Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning o`tgan davrida jami undiruv 21,7 trln. so`mni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich   o`tgan yilning  shu davriga   nisbatan 10,4 trln.so`m (92%) oshganligi aytiladi.

Byuro mas`ul xodimlarining idoraviy axborot tizimlarini integrasiya qilishda olib borgan ishlari natijasida qidiruv sohasidagi  muammoli bo`lgan 4555 nafar shaxs, 3073 ta avtotransport vositalari topilgan, shuningdek qarzdorlardan 16 mlrd. so`mdan ortiq mablag`ar undirilgan.

Shuningdek byuroning ma`lum qilishicha, ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan ijro hujjatlariga e`tibor kuchaytirilishi natijasida moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 2,5 trln. so`mdan ortiq aliment pullari etkazib berilgan.

    Boshqa yangiliklar