AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev oy oxirida Rossiyaga boradi. Chunki...

'Shavkat Mirziyoev oy oxirida Rossiyaga boradi. Chunki...'ning rasmi

Joriy yilning 28 dekabr kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga a`zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburgga boradi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o`tkazilayotgan norasmiy uchrashuvga MDHga a`zo davlatlarning 8 tasining rahbari keladi. Bular Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev, Qirg`iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov.

Shuningdek, Qozog`istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev ham norasmiy uchrashuvda ishtirok etadi. Biroq Moldova Prezidenti Mayya Sanduning tashrifi haqida ma`lumot yo`q.

    Boshqa yangiliklar