AsosiyJamiyat

"200 dan ortiq operasiya qildim, shuningdek..." 33 yoshli jarroh muvaffaqiyatga erishish siri haqida gapirdi

'"200 dan ortiq operasiya qildim, shuningdek..." 33 yoshli jarroh muvaffaqiyatga erishish siri haqida gapirdi'ning rasmi

"Halqchil yondashuv"ning navbatdagi mehmoni endovaskulyar jarroh Xurshid Hakimov bo`ldi. Shifokor yosh bo`lishiga qaramay, qisqa muddatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida gapirdi. 

"Avval Moskvada, keyin Egorevsk shahrida yurak-qon tomir jarrohligi bo`yicha o`qidim, ishladim. Yosh mutaxassis bo`lsam-da, 200 dan ortiq operasiya qildim, 500 dan ortiq yuqori texnologik dianostika amaliyotini bajardim.

2021 yil yanvarda ustozimning taklifi bilan O`zbekistonga qaytdim. Hozir Sirdaryo viloyati Kardiologiya markazida o`z ixtisosligim, ya`ni intervension kardiologiya bo`yicha ishlayapman, bu viloyat uchun yangi yo`nalish hisoblanadi.

Men faoliyat yuritayotgan Endovaskulyar xirurgiya bo`limi viloyat bo`yicha yagona bo`lib, bu erda Germaniyadan keltirilgan 700 ming dollarlik zamonaviy qurilma yordamida bemorlarning yurak-qon tomir tizimidagi muammolariga 99 foiz aniqlikda tashxis qo`yiladi. Kasallangan, tromb hosil qilgan tomirni topib davolaymiz, stend qo`yamiz.

9 oy mobaynida 160 dan ortiq stendlash, 450 dan ziyod yuqori texnologik diagnostika amaliyotini bajardim.

Hozir 33 yoshdaman. Muvaffaqiyatga erishishning siri faqat mehnat va ilmda deb bilaman", - deydi shifokor

    Boshqa yangiliklar