AsosiyJamiyat

“O`zbekiston-Vengriya” ilmiy loyihalar tanlovi o`tkaziladi

'“O`zbekiston-Vengriya” ilmiy loyihalar tanlovi o`tkaziladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Vengriya Innovasiya va texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda 2022 yilning yanvar oyidan aprel oyiga qadar barcha ustuvor ilmiy yo`nalishlarda innovasion va amaliy loyihalar, shuningdek ilmiy tashkilotlar va tadbirkorlar hamkorligida “2+2” shaklidagi (bunda, ilmiy tashkilot loyihaning ilmiy qismini va tadbirkorlik sub`ektlari esa tijoratlashtirish va starap qismini amalga oshiradi) loyihalar tanlovi o`tkaziladi.  

Tanlovda ishtirok etish istagidagi tashkilotlar Vengriya tomonidan hamkor topishlari va loyihalarni kelishilgan holda shakllantirib, mos ravishda tanlovga ariza topshirishlari lozim. Loyihaning davomiyligi 24 oydan oshmasligi shart.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat`iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko`chirmachilikka (plagiatga) yo`l qo`yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek loyiha yakunida qo`lga kiritiladigan muhim ilmiy natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to`liq asoslanganligi va so`ralgan mablag`larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to`g`ri hisob-kitob qilinganligi bo`yicha dastlabki texnik ekspertizadan o`tkaziladi.

Tanlovga hujjatlar 2022 yilning 5 yanvar kunidan qabul qilinadi. Qo`shimcha ma`lumot vazirlikning rasmiy saytida (http://www.mininnovation.uz/) beriladi.

Eslatib o`tish joizki, O`zbekiston va Vengriya o`rtasida joriy yilda o`tkazilgan tanlov natijalari bo`yicha umumiy qiymati 6,7 mlrd. so`m miqdoridagi 4 ta ilmiy va 5 ta startap loyihalari dekabr oyida moliyalashtirildi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar