“Davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.
Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro`yxati (35 ta) tasdiqlandi.
Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo`yicha mustaqil qaror qabul qiladi:
- kontrakt qiymatini, to`lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
- mahalliy va xorijiy professor-o`qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
- o`z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
- xorijiyan o`quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalarni to`g`ridan-to`g`ri xarid qilish;
- bo`sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko`rsatish tartibini belgilash;
- avtotransport vositalarining yo`l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko`rsatish talablarini belgilash.
Shuningdek qarorga ko`ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.






