AsosiyJamiyat

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda fuqarolar davlat bojini to`lashdan ozod qilinishi mumkinmi?

'Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda fuqarolar davlat bojini to`lashdan ozod qilinishi mumkinmi?'ning rasmi

️O`zbekiston Respublikasining “Davlat boji to`g`risida”gi  Qonuniga ko`ra, quyidagilar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to`lashdan  ozod qilinadi:

  • xalq ta`limi organlari, voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha idoralararo komissiyalar — etim bolalarni va ota-onalar qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o`quv yurtlariga yuborish uchun tug`ilganlik to`g`risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;

 

  • jismoniy shaxslar — tug`ilish, o`lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o`zgartirilgan hollarida, shuningdek fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog`ida yo`l qo`yilgan xatolar munosabati bilan tug`ilganlik to`g`risidagi hujjatlar yozuvlari o`zgartirilgan, to`ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;

 

  • jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yo`qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqasiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo`lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to`g`risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;

 

  • jismoniy shaxslar — ularga reabilitasiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to`g`risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;

 

O`zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo`ljallanmagan joylar yong`ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.

    Boshqa yangiliklar