AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi

'Ertaga O`zbekistonda qanday ob-havo bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati 27 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6° sovuq, kunduzi 2-4° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; Ustyurtda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar