O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug`iga asosan Qarshi shahar prokurori lavozimiga adliya kichik maslahatchisi Alisher Davlatovich Mirzoev tayinlandi. Alisher Mirzoev tayinlovga qadar Qarshi tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Qarshi tumani prokurori lavozimiga adliya maslahatchisi Tog`murod Joniqulovich Murodov tayinlandi. Tog`murod Murodov tayinlovga qadar Kitob tumani prokurori lavozimida ishlagan.
Bosh prokurorning buyrug`iga asosan adliya maslahatchisi Sobirjon Nurboevich Temirov Kitob tuman prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobirjon Temirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati, O`rtachirchiq tumani prokurori lavozimida ishlagan.