2021 yilning 24-dekabr kuni Sirdaryo viloyati IIB TEQKB hamda DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumanida tezkor tadbir o`tkazildi.
Tezkor tadbir davomida 1978-yilda tug`ilgan, oilali, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Sayxun shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.S o`zining tanishlari bo`lgan 1984-yilda tug`ilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Guliston tumani, Dehqonobod shaharchasida istiqomat qiluvchi K.M hamda 1994-yilda tug`ilgan, ajrashgan, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri, Quyosh MFYda istiqomat qiluvchi Q.Dlarini Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug`ullanishga olib ketayotgan vaqtida “Sirdaryo” YPH maskanida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo`lga olingan.
Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2- qismi “b,e” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.