Adliya vazirligining ma`lum qilishicha, ko`p qavatli uylarda issiq suv ta`minotining markaziy tizimlari orqali olinadigan issiq suv harorati 50-75°Sga muvofiq bo`lishi lozim.
Bunda issiq suv haroratini aniqlashdan oldin suv olish nuqtasida 3 minutdan ortiq bo`lmagan vaqt mobaynida suv oqizib yuboriladi.
Belgilangan issiq suv harorati past bo`lganda, issiq suv ta`minoti xizmati uchun to`lanadigan pul miqdori ham har bir orqaga qaytgan 3°S uchun 0,1 foizga kamaytiriladi.
Suv olish nuqtasida harorat 40°Sdan past bo`lganda issiq suv uchun to`lov sovuq suv tarifi bo`yicha amalga oshiriladi.






