28 dekabr kuni soat 11:50 larda, Yashnobod tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari O.Meliboev va M.Narzievlar tomonidan, Maxtumquli ko`chasi, Ashxobod bog`i qarsida piyoda, 1988 yilda tug`ilgan M.O. to`xtatildi.
YHXBBning ma`lum qilishicha, fuqaro ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganida, fuqaro M.O. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, qidiruvda ekanligi ma`lum bo`lgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro M.O. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.






