Avval xabar qilganimizdek, shaxmat bo`yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g`alaba qozondi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, MDHning norasmiy sammiti bo`lib o`tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda Prezidentimiz va butun delegasiya tezkor shaxmat bo`yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib bordi. Davlatimiz rahbari shaxmatning rapid yo`nalishi bo`yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o`zining eng samimiy tabriklarini yo`llamoqda hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirmoqda, deyiladi xabarda.






