"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 29 dekabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Kunduz kuni havo 5-10° iliqgacha isiydi.
Qayd etilishicha, poytaxtda havo kam bulutli bo`ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9° iliq bo`ladi.
Shuningdek, tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi.






