Bu haqda O`zbekiston Oliy ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulov Geologiya fanlari universitetida, yil yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at majlisida aytib o`tdi.
Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, Abduqodir Toshqulov rahbarligida o`tgan yig`ilishda120 dan ortiq oliy ta`lim muassasalari rektorlari va filialllar direktorlari ishtirok etishgan.
Yig`ilish davomida qayd etilishicha, kelgusi yillarda:
Oliy ta`limning me`yoriy-uslubiy tizimi xalqaro standartlarga muvofiq joriy etiladi va buning natijasida:
- mamlakat oliy ta`lim tizimi jahon ta`lim makoniga to`liq integrasiya qilinadi;
- xalqaro akademik va ilmiy mobillik huquqiy asosga ega bo`lib, keskin kengayadi;
- diplomlar, akademik va ilmiy darajalar «konvertasiyasi» uchun keng imkoniyatlar yaratiladi;
- ta`lim dasturlarini xalqaro miqyosda uyg`unlashtirish imkoniyatlari kengayadi;
- mamlakat oliy ta`lim muassasalari xalqaro reytinglarda tengma-teng ishtirok etishi imkoniyatlari yanada oshadi;
- ta`lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi;
- xalqaro akademik va ilmiy loyihalarni amalga oshirish ko`lami kengayadi;
- qo`shma dasturlar asosida o`qitish imkoniyatlari kengayadi.






