AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yana 200ga yaqin bemor koronavirusdan forig` bo`ldi

'O`zbekistonda yana 200ga yaqin bemor koronavirusdan forig` bo`ldi'ning rasmi

Kecha O`zbekistonda 140 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, yana 200 nafarga yaqin bemor kasallikdan sog`aydi.

Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining qayd etishicha,  28 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198626 (+139) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 10 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 9 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 38 nafari Toshkent viloyatida,
  • 50 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1485 nafarni tashkil qildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar