Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to`lanishi ta`minlanadi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi xabar berdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to`lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig`inlari va fuqarolarning yashash manziliga etkazilmoqda.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022 yilning 1-4 yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e`lon qilindi.






