AsosiyJamiyat

Kuchli tuman O`zbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini cheklab qo`ydi

'Kuchli tuman O`zbekistondagi ikkita aeroport faoliyatini cheklab qo`ydi'ning rasmi

Bugun ertalab noqulay ob-havo sharoiti tufayli  samolyotlar Namangan va Andijon aeroportlaridan uchish va qo`nishni amalga oshira olmadilar, deya xabar bermoqda "Uzbekistan Airports"  

Ma`lum qilinishicha, kuchli tuman sababli — ko`rish masofasi 50 metrga yaqin — “Ural” aviakompaniyasining Qozon shahridan parvoz qilayotgan SVR2161 samolyoti soat 08:48 da Namanganga qo`na olmadi va Toshkentdagi zaxira aerodromiga jo`nab ketdi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9620 qatnovi ham ob-havo sharoiti yomonligi bois Namanganga qo`na olmadi va Farg`onadagi zaxira aerodromiga yuborildi.

Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat kuzatildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskvadan HY-622/621 qatnovini amalga oshirgan havo kemasi ham soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo`na olmasdan Farg`onadagi zaxira aerodromiga uchib ketdi.  

Meteorologiya xizmati prognozlariga ko`ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00gacha yopiq bo`ladi. Rejalashtirilgan barcha qatnovlar eng yaqin muqobil aerodromlarga yo`naltiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar